TOPIK (Test of Proficiency in Korean) — Koreya hukumati tomonidan o'tkaziladigan rasmiy koreys tili imtihoni. Koreyada o'qish, ishlash yoki viza olish uchun deyarli har doim shu sertifikat so'raladi.
Darajalari
TOPIK ikki qismga bo'linadi. TOPIK I — 1 va 2-darajalar (boshlang'ich). TOPIK II — 3, 4, 5 va 6-darajalar. Alohida ro'yxatdan o'tmaysiz: to'plagan ballingizga qarab daraja beriladi.
Qaysi daraja nima uchun kerak
1-2 daraja — kundalik muloqot, oddiy jumlalar. Ish vizasi uchun ko'pincha yetarli emas, lekin birinchi qadam sifatida muhim.
3-4 daraja — Koreyada ishlash uchun eng ko'p so'raladigan daraja. Universitetlarning tayyorlov kurslariga kirish uchun ham odatda 3-daraja talab qilinadi.
5-6 daraja — universitetda to'liq o'qish, professional soha. Bu darajada koreys tilida ma'ruza tinglash va ilmiy matn o'qish mumkin.
Qancha vaqtda tayyorlanish mumkin
Noldan boshlab 2-darajaga chiqish uchun odatda 6-8 oy kerak. 4-darajaga esa 1.5-2 yil. Bu — haftasiga 3 marta muntazam dars va uyda mustaqil ishlash sharti bilan.
Nimadan boshlash kerak
Hangul alifbosidan. U ko'rinishidan murakkab tuyuladi, lekin aslida mantiqiy tuzilgan va bir necha kunda o'rganish mumkin. Undan keyin grammatika va lug'at boshlanadi. Eng katta xato — hangulni o'rganmasdan, koreyscha so'zlarni lotin harflarida yozib yurish. Bu keyinchalik talaffuzni buzadi.
Chirchiqda qayerda o'rganish mumkin
Sabina's Academy da koreys tili kursi alifbodan boshlanadi va TOPIK imtihoniga tayyorgarlik bilan yakunlanadi. O'quvchilarimizning TOPIK 1, 2, 3 va 4-daraja sertifikatlari saytimizning natijalar bo'limida keltirilgan.
