Kasblar

SMM o'rganib qanday daromad qilish mumkin

Sabina's Academy
SMM o'rganib qanday daromad qilish mumkin

SMM — ijtimoiy tarmoqlarda brendni yuritish kasbi. Bu faqat "post qo'yish" emas: kontent rejasi tuzish, video suratga olish va montaj qilish, reklama sozlash, natijani o'lchash — hammasi shu kasbga kiradi.

SMM mutaxassisi aniq nima qiladi

Bir mijoz uchun oylik ish odatda shunday: auditoriyani o'rganish, oyga kontent rejasi, 12-20 ta post va reels, storylar, target reklamani sozlash va boshqarish, oy oxirida hisobot. Ba'zi mutaxassislar faqat kontentga, ba'zilari faqat reklamaga ixtisoslashadi.

Qancha topish mumkin

O'zbekistonda boshlang'ich SMM mutaxassisi bitta mijozdan oyiga 1.5-3 mln so'm oladi. Tajriba va portfolio bilan bu raqam mijoz boshiga 4-8 mln so'mgacha ko'tariladi. Ko'pchilik bir vaqtda 2-4 ta mijoz bilan ishlaydi. Ya'ni daromad mijozlar soniga va sifatiga bog'liq.

Qancha vaqtda o'rganish mumkin

Asosiy ko'nikmalarni 3 oyda o'zlashtirish mumkin, lekin faqat amaliyot bilan. Nazariyani yakka o'zingiz YouTube dan ham ko'rishingiz mumkin — muammo shundaki, real mijoz bilan ishlash tajribasi va portfolio paydo bo'lmaydi.

Birinchi mijozni qanday topish kerak

Eng qiyin qadam — birinchisi. Amalda ishlaydigan yo'l: o'z sohangizdagi kichik biznesga (do'kon, kafe, salon) bir oylik ishni arzon yoki bepul taklif qilish, natija chiqarish va uni keys sifatida ko'rsatish. Bitta yaxshi keys keyingi uchta mijozni olib keladi.

Kimga to'g'ri kelmaydi

SMM — tez boyish kasbi emas. Mijoz bilan muloqot, muddatlar, tanqid va doimiy o'rganish bor. Agar telefonda faqat kontent ko'rishni yoqtirsangiz-u, uni yaratishni yoqtirmasangiz, bu kasb qiyin kechadi.

Chirchiqda o'rganish

Sabina's Academy ning SMM Pro kursi 3 oy davom etadi va real loyihalar ustida ishlashga qurilgan: mobilografiya, target, dizayn va kontent — bitta kursda. Bitiruvchilarimizning video izohlarini saytdagi natijalar bo'limida ko'rishingiz mumkin.